Hurmatli yo‘lovchilar!

Chop etish Sahifani ulashish
26.03.2020 7 Yangiliklar

 

        Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi Siz va oila a’zolaringizni sog‘ligini saqlash maqsadida yengil taksi xizmatidan foydalanishda koronavirus infeksiyasidan o‘zingizni va o‘zgalarni saqlanishi uchun quyidagi xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni tavsiya qiladi:

-Zarurat sababli biror manzilga yetib olish uchun yengil taksi xizmatidan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, ko‘chaga chiqishdan oldin niqob taqish bilan birgalikda antiseptik qo‘lqop kiyib oling. Chunki avtomobil eshigini ushlaganingizda infeksiya qo‘lingizga o‘tishi mumkin. Agarda qo‘lqop bo‘lmasa, avtomobil saloniga o‘tirganingizdan keyin bir marta, avtomobildan tushganingizdan keyin yana bir marta antiseptik vositalar bilan qo‘llaringizga ishlov bering.

- Yengil taksiga o‘tirishdan oldin avtomobil salonidagi yo‘lovchilar va haydovchining niqob taqqanligiga e’tibor bering. Agarda haydovchi yoki yo‘lovchilardan birortasini niqobsiz holda ko‘rsangiz, ulardan niqob taqib olishlarini so‘rang va barchada niqoblar taqilgandan so‘ng salonga o‘tiring. Niqobsiz yo‘lovchilar bor yengil taksilar xizmatidan foydalanmang!

-Yengil avtomobilda harakatlanayotgan vaqtingizda qo‘lingiz bilan salondagi elementlarga tegib ketishdan o‘zingizni tiying. Salondagi yo‘lovchilarni niqobini yechib qo‘yishidan qaytaring.

-Sizdan odatdagidan qimmatroq yo‘l kira talab qilgan haydovchiga yo‘l kira bermasdan oldin Sirdaryo viloyat transport boshqarmasining 67- 225-24-26 raqamli “Ishonch telefoniga”  qo‘ng‘iroq qiling! Sizning huquqingiz albatta himoya qilinadi! 

-Pandemiyadan saqlanish uchun eng to‘g‘ri yo‘l uyingizda qolishingiz ekanligini yana bir bor eslatamiz!