Hududlar kesimida D-toifaga haydovchilar o‘qitildi
Bugungi kunga qadar viloyatda 3 ta ta’lim muassasasida “D” kategoriyaga haydovchilarni qayta tayyorlash ishlari amalga oshirib kelingan bo‘lsa, topshiriqdan keyin Mirzaobod tuman “Vatanparvar” o‘quv-sport texnik klubi “D” kategoriyaga haydovchilar tayyorlashga tegishli ruxsatnoma litsenziya olib, bugungi kunda nomzodlar yig‘ilmoqda, Yangier shahar “Vatanparvar” o‘quv-sport texnik klubi tomonidan mazkur kategoriyada o‘qitishga ruxsat olish maqsadida komissiyaga hujjatlar taqdim etilgan. Taqdim etilgan hujjatlar ijobiy ko‘rib chiqilgan taqdirda, viloyatdagi “D” kategoriyaga o‘qidadigan muassasalar soni 3 tadan 5 taga ortadi.
2020 yilda jami 159 ta malakali haydovchilar tayyorlangan bo‘lsa, 2021 yilning 1-choragida 67 nafar haydovchi qayta tayyorlandi.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati