Sirdaryo viloyati hokimi G‘. Mirzaev ko‘makligida, transport boshqarmasi Yoshlar ittifoki boshlang‘ich tashkilot yetakchisi tashabbusi va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan hamkorlikda Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlarni 80 nafari Toshkent shahriga ziyoratga olib borildi. Faxriylar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar muzeyi, "Hazrati Imom " yodgorlik maydoni hamda Zangiota ziyoratgohilariga ziyorat


Xotirani asrash, xotirani ehtiyot qilish – bu bizning o‘zimiz va avlodlar oldidagi axloqiy burchimizdir. Xotira – bizning boyligimizdir.
Kechagi kun saboqlarini, xalqimiz kelajagi yo‘lida jonini fido qilgan insonlarni xotirlash bugungi kunimizni qadrlashga o‘rgatadi. Xotira bu – tarixdir. U kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Shu bois, inson o‘z xotira boyliklarini qadrlaydi.



Bugun nishonlayotgan bayramimiz shunday bir kunki, u shu yurtda yashayotgan har qaysi oila, har qaysi xonadon uchun bevosita daxldor bo‘lgan, ularning hayotida qandaydir chuqur iz qoldirgan tarixiy sanadir. Ayni shu kunda barchamiz el-yurtimiz bilan birga bo‘lib, shu kunning ham xursandchiligini, ham iztirobini urush qatnashchilari, muhtaram faxriylarimiz bilan baham ko‘rib, yana bir bor butun xalqimizni ana shu tarixiy sana bilan tabriklashni o‘zimizning muqaddas burchimiz deb bilmog‘imiz lozim.
Barcha fahriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklayman!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi matbuot xizmati