XITOY BILAN HAMKORLIK
O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri raisligida 2020 yil 20 iyul kuni “Transport tizimini samarali tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar” muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda aholiga, ayniqsa qishloq aholisiga avtotransport xizmati ko‘rsatish, transport sohasida davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va boshqa bir qancha dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Aholiga qulay va sifatli avtotransport xizmati ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida, tashuvchilar tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi bilan yangi avtobuslar sotib olish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilayotganligi sababli, avtotransport sohasi rahbarlariga Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan avtobuslarni markazlashgan holda sotib olishni tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berildi.
Yig‘ilishda mamlakatimizda avtomobil yo‘llarining holatini yaxshilash masalasiga ham to‘xtalinib, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi aholiga avtobuslarda qulay va sifatli avtotransport xizmati ko‘rsatishni tashkil qilish maqsadida, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ulanuvchi korxona raxbarlaridan Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan avtobuslarni sotib olish yuzasidan o‘z takliflarini boshqarmaga taqdim etishlarini so‘raydi.
Shuningdek, Sayxunobod tumani markazida qurilishi rejalashtirilgan “Sayxun” avtostansiyasini davlat-xususiy sherikchiligi asosida qurish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif qiladi.