Xalqaro tashuvchi korxonalar diqqatiga!

Chop etish Sahifani ulashish
19.02.2020 8 Yangiliklar

UAALF 2020 I-Xalqaro aviatsiya forumi.

19 fevral kuni Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar zalida «Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum» I-xalqaro aviatsiya forumiga start berildi.

Xalqaro aviaforumda “Jetcraft” (AQSh), “Air Charter Service” (Buyuk Britaniya), “Bombardier Business jets” (Kanada), “Lufthansa consulting” (Germaniya), “Kuwait Airways” (Quvayt), “Korean Air” (Janubiy Koreya), “Aeroflot” (Rossiya), “Turkish Airlines” (Turkiya), “Mitsubishi Corporation” (Yaponiya), “Air Astana” (Qozog‘iston) kabi dunyoning turli mamlakatlaridan 180 ga yaqin kompaniya vakillari ishtirok etishadi.

Ushbu kompaniyalar vakillari aviaforum doirasida o‘tkaziladigan yalpi sessiyalarda ishtirok etishadi. Mazkur sessiyalarda Charlz Sklumberger (The World Bank), Asxat Torshin (Lufthansa Consulting), Amir Otakiy (Bombardier), Kamil Al-Avadhiy (Kuwait Airways), Aytach Mastalieva (Amadeus), Ralf Veber (Airbus), Aleksey Siniskiy (AtoEvents) kabi ko‘plab xalqaro ekspertlar chiqish qilib, turizm va transport tizimini rivojlantirishga oid tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.