Sirdaryo viloyati Guliston shahri va shahar atrofi bo‘ylab harakatlanyotgan transport vositalari haydovchilariga litsenziyasiz faoliyat olib bormasliklari yuzasidan tushuntirishlar berib borilmoqda.


Boshqarma xodimlari tomonidan bunday targ‘ibot tadbirlari doimiy tarzda o‘tkazilib kelinyapti.


Shu o‘rinda, hurmatli yo‘lovchilarimizdan jamoat transportidan foydalanganda karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda avtobus salonida ijtimoiy masofa saqlashlarini, tibbiy niqobda bo‘lishlarini, haydovchilardan esa yo‘lovchilar bilan xushmuomala bo‘lib, yo‘l kira haqi qaytimlarini to‘liq qaytarishlarini, harakat vaqtida tibbiy niqobda bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati