Guliston shahri va shaharga keluvchi fuqarolar diqqatiga!
2021 yil 3 mart kunidan boshlab, Guliston temir yo‘l bekati 3486 km 10 piketida joylashgan piyodalar ko‘prigidan o‘tadigan fuqarolarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida ko‘prikning texnik holatini nazoratdan o‘tkazish ishlari olib boriladi. Shu bois mazkur ko‘prikdan harakatlanish vaqtincha to‘xtatiladi.


Yuzaga keladigan noqulaylik uchun "O‘zbekiston temir yo‘llari"AJga qarashli "Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli"UK rahbariyati fuqarolardan uzr so‘raydi.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati