Guliston shahar jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
08.06.2021 6 Yangiliklar

Guliston shahar jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etilmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston —2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079 sonli farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 948-son qarori ijrosini ta’minlash hamda,  Sirdaryo viloyatining jamoat transportlarida yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish uchun “Avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi operatori” (ATTO) mas’uliyati cheklangan jamiyati jalb etildi.

Viloyat markazi Guliston shaharining jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etish bo‘yicha Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i O. Erbekov, ATTO hududiy menedjeri B. Sabirov, UZCARD  bo‘yicha mutaxassisi D. Shoyokubov hamda mahalliy tashuvchi korxonalar raxbarlari o‘rtasida mazkur tizim yuzasidan fikr almashildi va ushbu tizimni joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Birinchi bosqichda Guliston shahar ichi yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatuvchi 60 dan ortiq avtobuslarda avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish belgilangan.

Shahar jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etishdan asosiy maqsad, aholiga sifatli transport xizmatini tashkil etishdan iborat.

Tizim tez kunlarda ishga tushiriladi.

 

 

Sirdaryo  viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati