Front ortida mehnat qilgan onaxonning holidan xabar olindi
Ajdodlar ruhiga hurmat xalqimizning eng oliy fazilatlaridan biridir. O‘zbek xalqi vatani, xalqining farovonligi, tinchligi yo‘lida jonini fido etgan farzandlarini hech qachon unutgan emas. Islom dini inson naslini mukarram sanaydi, Allohning maxluqotlari ichidagi eng azizi va ehtiromga munosibi deb baholaydi. Inson aziz va mukarram ekan, uning yoshi ham, qarisi ham, ayoli ham, erkagi ham barobar qadr-qimmatga egadir. Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir. Insoniyat Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, o‘sha ayovsiz jangu-jadalda qahramonlarcha halok bo‘lganlar xotirasini aslo unutmaydi.
9 may – “Xotira va qadrlash kuni” mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘. O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir. Binobarin, xotira bu – unutmaslik, deganidir.
Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i O. Erbekov boshchiligida Sayhunobod tumani Sintob mahallasida yashovchi fuqaro 1929 yilda tug‘ilgan Mirzaeva Olcha momo holidan xabar olindi. Olcha momo front ortida mehnat qilib, omon qaytgan onalardan biri. Ularning jasorati, sabr-matonati biz yoshlarga o‘rnak bolmog‘i lozim.


Olcha momoga transport boshqarmasi boshlig‘i va homiylar tomonidan ko‘cha-ko‘yga chiqishlari uchun maxsus aravacha takdim etildi.
Onaxon bilan ancha suhbat qurildi, o‘tgan davr esga olindi.
v
Inson, millat, butun xalq tarixiy xotira bilan tirik va barhayot. Ayniqsa, o‘tganlarning xayrli ishlarini yodga olmoq, qadrlamoq biz uchun ham farz, ham qarzdir
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati