E’lon

Chop etish Sahifani ulashish
14.03.2022 5 Yangiliklar

E’lon

   Elektron tarzda tashkil etiladigan dastlabki tender joriy yilning 6 aprel kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.   

   Yo‘lovchilar tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi barcha davlat, xususiy, ijara va shirkat tashkilotlari diqqatiga!

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi  “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi.

   Sirdaryo viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda

                                                      OChIQ TENDER O‘TKAZILADI

   Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

   Tenderda qatnashish uchun takliflar va talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi.

  Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).      

  Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

 

 №    Yo‘nalish raqami         Yo‘nalish nomi                Yo‘nalish turi

                           Shahar ichi avtobus yo‘nalishlari

  1. ShI-9 Temir yo‘l bekati - Viloyat shifoxonasi Avtobus
  2. ShI-8 Yangier - Zafarobod, Bobur orqali Avtobus

                           yo‘nalish taksi

  1. YT-9 Temir yo‘l bekati - Viloyat shifoxonasi

                          shahar atrofi yo‘nalishlari

  1. ShAY-201 Guliston – Yangier (ikki tomon) Avtobus
  2. ShAY-212 Guliston - A.Toirov SIU Avtobus
  3. ShAY-281 Guliston - Beruniy Avtobus

 

   Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01(421)