E’LON

Chop etish Sahifani ulashish
16.03.2022 5 Yangiliklar

E’LON

OChIQ TENDER 2022 yil 20 aprel soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi

  Sirdaryo viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda  

                                  OChIQ TENDER O‘TKAZILADI

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi.

 

№ Yo‘nalish raqami Yo‘nalish nomi Yo‘nalish turi

ShAHAR IChI AVTOBUS YO‘NALIShI

  1. 10 ShI Temir yo‘l bekati - Guliston dehqon bozori

ShAHAR ATROFI AVTOBUS YO‘NALIShI

  1. ShAY 213 Guliston - Toshkent mahalla
  2. ShAY 226 Guliston - Beshbuloq SIU
  3. ShAY 227 Guliston – Yangi hayot mahallasi
  4. ShAY 231 Yangier - Navro‘z mahallasi, Farhod-5 orqali
  5. ShAY 286 Elobod qishlog‘i - Guliston
  6. ShAY 295 Guliston dehqon bozori - Sharq haqiqati MFY

ShAHAR ATROFI YO‘NALIShLI TAKSI YO‘NALIShLARI

  1. ShYT 200 Dehqonobod - Guliston
  2. ShYT 203 Yangier - Nurobod
  3. ShYT 220 Yangier - Guliston
  4. ShYT 221 Guliston-Farg‘ona SIU
  5. ShYT 225 Guliston - Baxt (ikki tomon)
  6. ShYT 228 Yangier - Boyovut (ikki tomon)
  7. ShYT 249 Guliston - Sohil shaharchasi
  8. ShYT 251 Sirdaryo - Baxt (Sirdaryo tomon)
  9. ShYT 252 Guliston - Sardoba qo‘rg‘oni
  10. ShYT 260 Boyovut SIU - Guliston
  11. ShYT269 Sirdaryo - Paxtakor
  12. ShYT270 Farhod GES - Bobur SIU
  13. ShYT273 Beruniy mahallasi - Farhod kasalxonasi

VILOYAT IChI ShAHARLARARO AVTOBUS YO‘NALIShLARI

  1. 501VH Guliston - Paxtaobod
  2. 508VH Guliston - U.Nosir SFU

Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01(421).

 

Cirdaryo viloyati Transport boshqarmasi Matbuot xizmati