E’LON
“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida chegirmalar!
Noyabr oyi davomida Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi PQ-167-sonli qarori – “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Sirdaryo viloyatida "Keksalar uchun turizm oyligi" munosabati bilan keksa avlod vakillari uchun transportda maxsus chegirmalar joriy etildi.
Avtobus (mikroavtobus) yo‘nalishlarida – 10% chegirma:
VSH-908 – Boyovut → Toshkent
VSH-899 – Boyovut → Bekobod
VSHYT-788 – Toshkent sh. → Guliston sh.
VSH-1120 – Paxtaobod → Toshkent sh.
VSH-978 – Paxtaobod → Zomin
Temir yo‘l chiptalarida – 20% chegirma:
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan tezyurar “Afrosiyob”dan tashqari barcha yo‘nalishlarda chipta tarif qismiga 20% chegirma belgilanadi.
Chegirmalar faqat noyabr oyida amal qiladi!
Maqsad – nuroniylarimizga qulaylik yaratish, ularning sayohat qilish imkoniyatlarini kengaytirish.
Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasi nuroniylarimizni ushbu imkoniyatlardan faol foydalanishga chaqiradi!
Yaqinlaringiz bilan sayohat qiling, yangi joylarni kashf eting va maroqli dam oling!