DIQQAT E’LON!
Tez kunda Guliston shahrini Tojikiston Respublikasi orqali Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi “Guliston-Qo‘qon” viloyatlararo shaharlararo yo‘nalishida katta hajmli avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Avtobus har kuni Guliston shahridan soat 8:00 jo‘nab, Yangier shahri, Xovos shaharchasi va "Xovosobod" chegara bojxona postidan o‘tib, Tojikiston Respublikasi hududi orqali Farg‘ona viloyatining "Andarxon" chegara bojxona posti orqali Qo‘qon shahriga yetib boradi. Eslatib o‘tamiz, Tojikiston Respublikasi hududida yo‘lovchilarni tushirish va olish mumkin emas.
Ushbu yo‘nalish qatnov masofasi 264,3 km bo‘lib, yo‘lkira narxi 50 (ellik) ming so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bunda yo‘lovchilardan xorijga chiqish pasporti o‘zi bilan birga bo‘lishi talab etiladi. Qatnovlar har ikki tarafdan kuniga bir marotabadan bajarilishi rejalashtirilib, yo‘lovchilar 4-5 soat vaqt oralig‘ida o‘z manzillariga yetib borishi kutilmoqda.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati