Barcha tashuvchi korxona rahbarlari diqqatiga!

Chop etish Sahifani ulashish
21.05.2021 28 Yangiliklar

Barcha tashuvchi korxona rahbarlari diqqatiga!

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi Sizga shuni ma’lum qiladiki, Rossiya Federatsiyasining avtomobil ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalaridan biri bo`lmish GAZ avtomobil zavodining 2011 yildan buyon asosiy Distribyutori bo`lib kelayotgan  “BEKOLE BIZNES” MCHJ tomonidan GAZel NEXT rusumli  mikroavtobuslarni shuningdek maxsus transport vositalari furgon, sesterna, platforma, manipulyator va boshqa avtomobillariga talab yoki taklif bo`lgan taqdirda, jamiyat tomonidan yuqoridagi transport vositalarini yetkazib berishni taklif etmoqda.

Ushbu jamiyat tomonidan kiritilayotgan transport vositalariga taklif yoki  talab bo`lgan taqdirda boshqarmaga ma’lumot kiritilishingiz so`raladi.

 

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati