AVTOTRANSPORT TAShUVLARIDA ELEKTRON LOGISTIKA SAVDO PORTALIdan foydalanish shartlari...

Chop etish Sahifani ulashish
23.02.2022 13 Yangiliklar

AVTOTRANSPORT TAShUVLARIDA ELEKTRON LOGISTIKA SAVDO PORTALIdan foydalanish shartlari...

 

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27-dekabrdagi “Tovar-xom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini joriy qilish hamda mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlarining elektron logistika savdo portalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 777-son Qarori yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

     Seminarda viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i O.Erbekov, bosh yuriskonsulti Sh.Akramov, Litsenziyalash sektori 1-toifali inspektori J.Fayziev, O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo AJ Sirdaryo viloyati  filiali xodimi  A.Isamatov,  xalqaro tashuvchilar MChJ xodimlari ishtirok etdi.

       O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo AJ Sirdaryo viloyati  filiali xodimi Ahmad Isamatov yuk tashuvchilar o‘rtasida raqobatni ta’minlaydigan elektron logistika portali foydalanish shartlari,buyurtmachilar va yuk tashuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish,  mijoz va birja a’zosi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, fyuchers shartnomalarini tuzish va ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilish,shartnoma shartlari bo‘yicha tomonlarning majburiyatlarini  slayd orqali namoyish etdi. 

     Elektron logistika savdo portali – yuk tashish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazilishini, ular to‘g‘risidagi  e’lonlar va boshqa zarur bo‘lgan axborotning elektron shaklda joylashtirilishini, elektron savdolar o‘tkazilishini ta’minlovchi operatorning maxsus veb-sayti.

   Elektron tizim avtomatik tarzda ishlaydi. Savdolar shartnomani bajarish uchun eng yaxshi shartlarni va eng arzon narx taklif etgan yuk tashuvchini tanlash imkoniyatini taqdim etadi.  Savdolarda ishtirok etish uchun buyurtmachilar va yuk tashuvchilar shaxsiy hisobvaraqlariga “avans” to‘lovlarini o‘tkazishlari shart. E’longa o‘z narx taklifini bergan yuk tashuvchilarning zakalati g‘olib aniqlangunga qadar band qilinadi.

         Mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlarining to‘liq raqamlashgan shaffof navbat tamoyiliga asoslangan elektron logistika savdo portali  barcha manfaatdor shaxslar foydalana oladigan  elektron tizim sanaladi. Elektron logistika savdo portali 2021 yil 1 sentabrdan ishga tushirilgan.

  Shuningdek, seminar davomida xalqaro tashuvchilar soha mutaxassisidan o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lib, savollariga batafsil javob olishdi.      

 

      Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasi Axborot xizmati