2020-yilning 1-yanvaridan boshlab avtomobil transportida yo'lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo'nalishlar bo'yicha tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya va litsenziya kartochkalarini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi to'liq ishga tushiriladi.
Endi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar litsenziya va litsenziya varaqalarini olish uchun Davlat hizmatlari markazlari yoki Yagona interaktive davlat hizmatlari portali orqali murojaat qilishlari lozim.
O'zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 636-son qarori bilan tasdiqlangan “Avto transportda yo'lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo'nalishlar bo'yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko'rsatishning mamury reglamenti” orqali avto transportda yo'lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida. Ushbu mamuriy reglamentiga muvofiq endi yuridik shahslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar Davlat hizmatlari markazlari yoki Yagona interaktive davlat hizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkin. Arizachilar va litsenziyalash organi o'rtasidagi barcha ma`lumotlar almashinuvi to'liq elektron ko'rinishda amalga oshiriladi.
Ushbu jarayon orqali litsenziya talabgorlarining tumanlardan viloyat markazlaridagi transport boshqarmalariga va Tashkent shahriga kelib litsenziya va litsenziya varaqalari olish uchun murojaat etishdagi ortiqcha ovoragarchilik hamda moliyaviy harajatlarning keskin qisqartirilishiga erishiladi.
Bundan tashqari litsenziya va litsenziya varaqalari endi QR kod bilan himoyalangan elektron ko'rinishga o'tkazildi. Ya'ni litsenziya va litsenziya varaqalarini maxsus blankada berish amaliyotidan to'liq voz kechildi.
Ariza beruvchining litsenziya va litsenziya varaqalari olish uchun taqdim etadigan hujjatlari elektron ko'rinishdagi ma'lumotnomalar bilan almashtirildi.
Endi hujjatlar davlat idoralari o'rtasida elektron shaklda almashiladi.
Ushbu jarayon orqali esa arizachilardan litsenziya va litsenziya varaqalari olish uchun zarur hujjat nushalarini yoki boshqa vazirlik va idoralar tomonidan beriladigan hujjatlar to'g'risida malumotlarni talab etmaslik imkoniyati yaratildi va talab qilinadigan hujjatlar ro'yhati keskin qisqartirildi.
Ariza beruvchiga avtomobil transportida yo'lovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya va litsenziya varaqalari berishni rad etish to'g'risidagi qaror ariza beruvchining so'rovnomasi barcha zarur malumotlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab bir ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatda qabul qilinadi.
Ushbu tizimning yo'lga qo'yilishi bilan arizachilarga shaffof, tezkor va sifatli xizmat ko'rsatish imkoniyati yaratiladi.