Ob-havo keskin o‘zgardi. Yo‘llarda avtoavariyalarni oldini olish borasida IIV ogohlantirish bilan chiqdi.
Ayrim hududlarda qor yog‘ishi va havo haroratining keskin tushib ketishi avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Qalin tuman tushishi esa avtomobil yo‘llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.
Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasi haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida, ayniqsa dovon yo‘llarida harakatlanishda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini so‘ragan. Shuningdek, texnik nosoz transport vositalaridan foydalanmaslik, zarurat bo‘lmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslik, piyodalar yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishlari lozim.