Avtomobil transportida litsenziyalash tartib-taomillariga o‘zgartirish kiritildi

Chop etish Sahifani ulashish
05.01.2021 5 Yangiliklar

Avtomobil transportida litsenziyalash tartib-taomillariga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6044-son Farmonining 1-ilovasiga asosan 2021 yil 1 yanvardan yuklarni avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida va shaharlararo tashish faoliyat turlarini litsenziyalash bekor qilindi.
Shuningdek, Faromonning 2-ilovasiga asosan avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish sohasidagi quyidagi 9 ta faoliyat turini litsenziyalash birlashtirish yo‘li bilan bekor qilindi:
-Yo‘lovchilarni shaharda avtobuslarda tashish
-Yo‘lovchilarni shahar atrofida avtobuslarda tashish
-Yo‘lovchilarni shaharlararo avtobuslarda tashish
-Yo‘lovchilarni shaharda mikroavtobuslarda tashish
-Yo‘lovchilarni shaharlararo mikroavtobuslarda tashish
-Yo‘lovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish
-Yo‘lovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish
-Yo‘lovchilarni shaharlararo yengil avtomobillarda tashish
Ushbu faoliyat turlari mos ravishda "Yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus hamda avtobuslarda tashish" va "Yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobillarda tashish" turlariga birlashtirildi. Natijada faoliyat turlari 15 tadan 6 taga qisqartirildi.

Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasi matbuot xizmati