Avtokorxona rahbarlari diqqatiga!
17 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Oripov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda koronavirusning turli shtammlari, xususan, «afrikancha shtamm» kirib kelgani hamda 18 apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yanada kuchaytirilishi ma’lum qilindi.
Viloyat trnasport boshqarmasi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi avtokorxonalar rahbarlaridan:
1. Jamoat transportlari sig‘imining 50 foizi miqdorida yo‘lovchilar tashilishini, ushbu maqsadda yo‘nalishli transport vositalari sonini oshirish;
2. Jamoat transportlariga fuqarolarni niqobsiz kirmasligini ta’minlash;
3. Jamoat tranportlarida kunlik yuvish, namli tozalash va dezinfeksiya ishlarini olib borish;
4. Jamoat transportlari antiseptik vositalari bilan ta’minlashni talab etadi.
Transport vositalarida sanitariya talablari va karantin qoidalari bo‘yicha harakatlanmagan haydovchi va yo‘lovchilarga nisbatan keskin choralar qo‘llanilishi belgilangan.
Ana shu talabdan kelib chiqib, viloyat transport boshqarmasi tomonidan yo‘nalishlardagi nazorat ishlari yanada kuchaytirildi.
Siz o‘zingiz va atrofdagilarning salomatligiga be’etibor bo‘lmang!
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati