Hududlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovi tiklanadi.
Jamoat transporti, shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda quyidagi tartibga rioya etilishi talab etiladi:
-har qatnovga chiqishdan oldin haydovchi va konduktorning tana harorati pirometrlarda o‘lchanib, 370S va undan yuqori bo‘lgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishini ta’minlash;
-jamoat transportida yo‘lovchilarning tibbiy niqobda bo‘lishini va ular orasida ijtimoiy masofa saqlanishini nazorat qilish, tibbiy niqobda bo‘lmagan yo‘lovchilarni transportga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;
-transport vositasi doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin (shu jumladan, har bir o‘rindiqni) to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazilishini ta’minlash choralari ko‘rilishi shart.
Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatiga quyidagi tartibda ruxsat etiladi:
-yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi;
-haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish ta’qiqlanadi);
-yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tqazilishi hamda faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanishi.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati