2020/2021 o‘quv yili uchun oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish test imtihonlari Guliston shahrida 2-13 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan, Guliston shahrining 2 ta katta ochiq maydon, stadionlari tanlangan.

Chop etish Sahifani ulashish
29.08.2020 13 Yangiliklar

Abiturientlar va ularning yaqinlari test o‘tkaziladigan hududga kelib-ketishlari uchun viloyat transport boshqarmasi tomonidan kerakli chora-tadbirlar ko‘rilyapti. Imtihon o‘tkaziladigan kunlari yo‘l kira narxi sun’iy ravishda oshirilishining oldini olish maqsadida test uchun belgilangan maydonlargacha qo‘shimcha avtobuslar ko‘yiladi.

 

Avtobuslar ertalab soat 5.00 dan joylar kesimiga qarab harakatlanadi. Har bir avtobus qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishi haqida maxsus yo‘l ko‘rsatkichiga ega. Ushbu avtobuslardan faqatgina abiturientlar foydalanishi mumkin. Avtobuslarga 25 nafardan ortiq yo‘lovchi tashish ta’qiqlanadi. Ota-onalar yoki boshqa hamrohlar avtobuslarga chiqarilmaydi.

 

 

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati