14 iyundan qo‘shimcha tezyurar “Sharq” poyezdining har kunlik qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Chop etish Sahifani ulashish
08.06.2021 90 Yangiliklar

14 iyundan qo‘shimcha tezyurar “Sharq” poyezdining har kunlik qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

 
Yo‘lovchilarga transport xizmatlarini yanada ko‘paytirish hamda ularning uzog‘ini yaqin qilish maqsadida 2021 yil 14 iyundan Toshkent – Buxoro –Toshkent yo‘nalishida 12/11-sonli qo‘shimcha tezyurar “Sharq” poyezdlarining har kunlik qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Harakat jadvaliga ko‘ra, Toshkent – Buxoro yo‘nalishida muntazam qatnovini boshlaydigan 12-sonli qo‘shimcha tezyurar “Sharq” poyezdi 14 iyun kuni soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan, Buxoro – Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovini boshlaydigan 11-sonli qo‘shimcha tezyurar “Sharq” poyezdi esa 15 iyun kuni soat 05:10 da Buxoro temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.
 
Bugungi kunda Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 10/09-sonli tezyurar “Sharq” poyezdlarining harakat jadvali o‘zgarmaydi.
Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
 
 
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ