1-yanvardan kunduzi ham faralarni yoqib yurish talab etiladi

Chop etish Sahifani ulashish
16.12.2020 5 Yangiliklar

1 yanvardan kunduzi ham faralarni yoqib yurish talab etiladi

 

Hukumatning bu haqdagi qarori 2019 yil aprelida qabul qilinib, e’tirozlardan keyin undagi talab kuchga kirishi 2021 yil 1 yanvarga surilgan edi.

2021 yildan boshlab, sutkaning har qanday vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanmagan haydovchilar jarimaga tortiladi.

MJtKning 128-moddasiga ko‘ra, birinchi marta sodir etilganda 111 500 so‘m, bir yil ichida takror sodir etilsa 223 ming so‘m, 3-marta sodir etilsa 669 ming so‘m jarima solinadi. 1 yil ichida 3 martadan ko‘p sodir etilganda 892 ming so‘m jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oyga mahrum etish bilan jazolanadi.