Bir qator transport vositalaridan utilizatsiya yig‘imi olinadi
Utilizatsiya yig‘imi stavkalari va utilizatsiya yig‘imi to‘lanadigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari turlari va toifalari ro‘yxat asosida tasdiqlangan.
Asos: «G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etish to‘g‘risida»gi hukumat qarori.
Utilizatsiya yig‘imi: Bu import avtomobillar narxiga ta’sir qiladimi?
Qonunchilik palatasi: «Utilizatsiya yig‘imi mahsulot narxiga ta’sir ko‘rsatmaydi»
Ayrim transport vositalarini olib kirishda amalda bo‘lgan aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi
8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari), 8703 (yengil avtomobillar) va 8704 (yuk tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar bo‘yicha transport vositalarini olib kirishda amalda bo‘lgan aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi.
Asos: «Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori.
1 avgustdan O‘zbekistonga xorijdan avtomashina olib kirish qanchaga arzonlashadi?
Aksiz solig‘i import mashina narxiga qanchalik ta’sir etadi? Importyor kompaniya direktori bilan suhbat
Davlat tilida markirovkalanmagan tovarga muvofiqlik sertifikati berilmaydi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha import qilinadigan iste’mol tovarlarining ayrim turlari ishlab chiqaruvchi tomonidan O‘zbekistonning davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida) markirovka qilinmagan taqdirda, mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish taqiqlanadi (qonun hujjatlaridagi istisnolardan tashqari).
Asos: 2018 yil 29 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3818-son qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi prezident qarori.
Temir yo‘l transporti tashkilotlari o‘zlarining axborot tizimlarini bojxona organlarining axborot tizimlariga integratsiyalaydi
Bu orqali temir yo‘l transporti tashkilotlari bojxona nazorati ostidagi vagon va konteynerlarning mamlakat ichidagi harakatlari haqidagi ma’lumotlarni bojxona organlariga real vaqt rejimida beg‘araz tarzda taqdim etib boradi.
Asos: «Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi prezident farmoni.