SIRDARYO VILOYATI TRANSPORT BOSHQARMASIDA SAYYOR SUD MAJLISI BO`LIB O`TDI

20.01.2021

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Barcha toifadagi sud ishlarini sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqish amaliyotining kengaytirilganligi aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va sud hokimiyatining ochiqligini oshirish yo‘lida ko‘rilgan muhim chora bo‘ldi.

Bugun Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi binosida Jinoyat ishlari bo`yicha Guliston shahar sudi sud  raisi U.Djumayev va  sudyalar I.Qoraboyev, M.Omonov hamda transport boshqarmasi xodimlari   ishtirokida sayyor sud majlisi bo`lib o`tdi.

Sayyor sud majlisida Jinoyat ishlari bo`yicha Guliston shahar sudi raisi U.Djumayev  so`zga chiqib, yig`ilish ishtirokchilariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqqa yo'llagan Murojaatnomasida, yurtimizda so‘nggi yillarda qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq sohasi va huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatini takomillashtirish,  inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash, odil sudlovga erishish va korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek korrupsiyani batamom yo`q qilish to`g`risida tushuntirishlar berib o`tdi.

Huquqbuzarliklarni bartaraf etish, bu borada mavjud taklif va mulohazalarni o‘rganish, sudlar faoliyatini ochiqligi va shaffofligini namoyon qilish, fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoyasini ta’minlashda sayyor sudlarning ahamiyati juda ham katta.

Sayyor sudda “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksda nazarda tutilgan 19 ta  huquqbuzarliklar bo‘yicha, ma'muriy ish ko`rildi. Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullangan haydovchilarga nisbatan ma'muriy choralar qo'llaniladi.

 

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot  xizmati