Sayyor qabul

26.08.2025

Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi boshlig‘ining jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi sayyor qabuli 2025-yilning 28-avgust kuni soat 10:00 da Boyovut tumani Xalq qabulxonasi binosida o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan barcha fuqarolar va yuridik shaxslar transport soxasidagi muammo va masalalar yuzasidan sayyor qabulda ishtirok etishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.

Manzil:  Boyovut tumani, Boyovut shaharchasi, Tinchlik ko‘chasi, 3-uy, Xalq qabulxonasi binosi.  

Murojaat uchun telefon: 67 236-84-86

 

 

 

 

 

 

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati

 @sirdaryomintrans| www.sirdaryo.mintrans.uz