ochiq-tender-o-tkaziladi 06-09-2023

21.07.2023

Sirdaryo viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda

OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI.

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

      -Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

    -Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

  Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi
(e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

   Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

     Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

   Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi.

      Ma’lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-01(421).

 

E ’ L O N  !

 

2023-yil 06-sentabr                                                                                                    soat 1600

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

Shahar atrofi yo‘nalishlari

1

ShAY 208

Guliston - Zarbdor

Avtobus

2

ShAY 215

Guliston - Boyovut, Gʻallakor orqali

(Guliston tomon)

Avtobus

3

ShAY 215

Guliston - Boyovut, Gʻallakor orqali

(Boyovut tomon)

Avtobus

4

ShAY 224

Boyovut SIU - Guliston

Avtobus

5

ShAY 227

Guliston - Yangi hayot mahallasi

Avtobus

6

ShAY 237

Yangiyer avtostansiyasi - Oqchangal

Avtobus

7

ShAY 267

Guliston – Boyovut, Boyovut-3 orqali

 (Guliston tomon)

Avtobus

8

ShAY 267

Guliston – Boyovut, Boyovut-3 orqali

(Boyovut tomon)

Avtobus

9

ShAY 272

Guliston - U. Yusupov FXXU 4-bo‘limi, Sh.Rashidov orqali

Avtobus

10

ShAY 277

Boyovut razyezdi - Guliston

Avtobus

11

ShAY 280

Guliston - Gʻalaba SIU

Avtobus

12

ShAY 283

Nurli yo‘l mahallasi - Guliston dehqon bozori

Avtobus

13

ShAY 285

Muqumiy mahallasi - Guliston dehqon bozori

Avtobus

14

ShAY 287

Boyovut-1 SIU - Guliston dehqon bozori

Avtobus

15

ShAY 288

Boyovut-1 SIU - Boyovut avtostansiyasi

Avtobus

16

ShAY 290

Guliston massivi - Guliston

Avtobus

17

ShAY 295

Guliston dehqon bozori - Sharq haqiqati MFY

Avtobus

18

ShAY 296

Dehqonobod - Guliston

Avtobus

19

ShYT 200 "T"

Dehqonobod - Guliston (Guliston tomon)

Yo‘nalishli taksi

20

ShYT 200 "T"

Dehqonobod - Guliston (Dehqonobod tomon)

Yo‘nalishli taksi

21

ShYT 217

Guliston - Boyovut, Gʻallakor orqali

Yo‘nalishli taksi

22

ShYT 225

Guliston - Baxt (Guliston tomon)

Yo‘nalishli taksi

23

ShYT 225

Guliston - Baxt (Baxt tomon)

Yo‘nalishli taksi

24

ShYT 228

Yangiyer - Boyovut (Boyovut tomon)

Yo‘nalishli taksi

25

ShYT 231

Boyovut - Boyovut-1 SIU

Yo‘nalishli taksi

26

ShYT 253

Boyovut AS - Farhod-5 qo‘rg‘oni,  Bobur orqali

Yo‘nalishli taksi

27

ShYT 259

Boyovut avtostansiyasi-Navoiy SIU

Yo‘nalishli taksi

28

ShYT 260

Boyovut SIU - Guliston

Yo‘nalishli taksi

29

ShYT 261

Beshbuloq SIU - Guliston

Yo‘nalishli taksi

Viloyat ichi shaharlararo

30

VH 508

508 - U.Nosir SFU - Guliston

Avtobus