TENDER-2024

26.02.2024

E ’ L O N  !

 

2024-yil 28-mart                                                                                                      soat 1700

  

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

Shahar yo‘nalishi

1

ShI2

Shahar kasalxonasi - 3-daha (aylanma)

Avtobus

Shahar atrofi yo‘nalishi

2

ShAY205

Xovos – Farhod-5

Avtobus

3

ShAY206

Guliston-Oqoltin MFY (Guliston tomondan)

Avtobus

Guliston-Oqoltin MFY (Oqoltin MFY tomondan)

Avtobus

4

ShAY212

Guliston-A.Toirov SIU

Avtobus

5

ShAY285

Muqumiy mahallasi-Guliston dehqon bozori

Avtobus

6

ShAY291

M.Ulug‘bek MFY-Guliston

Avtobus

7

ShAY294

Paymard MFY-Sayxun qo‘rg‘oni

Avtobus

8

ShAY295

Guliston dehqon bozori - Sharq haqiqati MFY

Avtobus

9

ShAY296

Guliston - Dehqonobod

Avtobus

10

ShAY297

Guliston - Bahoriston

Avtobus

11

ShAY298

Sintob MFY - Baxt

Avtobus

12

ShYT200 “T”

Dehqonobod - Guliston  (Guliston tomon)

Yo‘nalishli taksi

13

ShYT203

Yangiyer - Nurobod

Yo‘nalishli taksi

14

ShYT207

Sayxun - Baxt

Yo‘nalishli taksi

15

ShYT210

Guliston – Oqoltin MFY

Yo‘nalishli taksi

16

ShYT217

Guliston – Boyovut, G‘allakor orqali (Guliston tomon)

Yo‘nalishli taksi

Guliston – Boyovut, G‘allakor orqali (Boyovut tomon)

17

ShYT229

Guliston – Elobod qishlog‘i (Guliston tomon)

Yo‘nalishli taksi

Guliston – Elobod qishlog‘i (Elobod qishlog‘i tomon)

Yo‘nalishli taksi

18

ShYT232

Boyovut AS – Farhod GES

Yo‘nalishli taksi

19

ShYT258

Sohil shaharchasi – Sayxun qo‘rg‘oni

Yo‘nalishli taksi

Viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishi

20

VH508

Guliston – Usmon Nosir SFU

Avtobus

 

Sirdaryo viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda

OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi
(e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-01(421).

 

Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi matbuot xizmati