“ATTO” kartalaridan foydalaning!

Sirdaryo viloyati Guliston shahrining jamoat transportlarida yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilgan. Bugungi kunda Guliston shahrida 10 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida 6 ta mahalliy tashuvchi korxonalarga qarashli 57 dona “Isuzu” rusumli avtobuslar transport xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi mas’ullari aholiga yo‘lkira haqini to‘lashda bank plastik kartalari (HUMO) hamda yagona transport (ATTO) kartalaridan foydalanishlari yuzasidan keng targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Avtobuslarning barchasida yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi qurilmalari o‘rnatilgan. To‘lov bank plastik va yagona transport kartalari orqali amalga oshiriladi.
Barcha avtobuslarda validatorlar o‘rnatilgan. Karta hisobini “MyUzCard”, “Payme”, “Click”, “Paynet” kabi ilovalar orqali to‘ldirish mumkin.
Yagona transport kartalari bugungi kunda aholiga 5000 (besh ming) so‘mdan sotilmoqda. Ushbu karta balansida 5000 (besh ming) so‘m miqdoridagi mablag‘lar mavjud.
Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasi Axborot xizmati