Uchta yo‘nalishda avtobuslar harakati qayta yo‘lga qoyildi

09.01.2023


 Qish mavsumida aholiga sifatli, xavfsiz va arzon transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, yo‘lovchilarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yo‘nalishlarda jamoat transportining uzluksiz qatnovni ta’minlash maqsadida zarur choralar ko‘rilmoqda.

 Xususan, Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan aholi murojaatlarini ijobiy hal etish maqsadida avtobus yo‘nalishlarini optimallashtirish hisobiga temir yo‘l vokzalidan Guliston shahrining Ulug‘obod, Zarbdor, Nurafshon MFY (19-kvartal) yo‘nalishlarida harakatlanuvchi avtobuslar qatnovi qayta tiklandi.

Mazkur 3 ta yo‘nalishda “Guliston Terminal” MChJ, “Nissan Trans Servis” MChJ, “Temur Avtotrans Servis” MChJ korxonalari tomonidan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati