UCHRASHUV

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasida “Yo‘l transporti xodisalarini oldini olishda muhim chora-tadbirlar” mavzusida mahalliy yo‘lovchi tashish avtokorxona rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Ichki ishlar vazirligi YHXBB mas’ul xodimlari ishtirok etib, yig‘ilganlarga zarur axborotlar va avtokorxonalarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar to‘g‘risida axborotlar berildi. Yig'ilishda avtotransport vositalarini boshqarishda haydovchilar tibbiy ko‘rikdan, transport vositalarini esa texnik ko‘rikdan o‘tkazish yo‘l transport xodisalarini oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi.
Shuningdek, yo‘lovchi tashuvchi korxona rahbarlariga haydovchilar yo‘l harakat qoidalariga rioya qilishi, transport vositalarini toza tutishi, xushmuomala va xushyor bo‘lishi tushuntirildi.
Viloyat transport boshqarmasi axborot xizmati