SEMINAR-TRENING


Ayni vaqtda Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-son Qarori ijrosi yuzasidan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.
Semenar-treningda Transport sohasidagi tashkilotlar rahbarlari hamda Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi boshlig'i O.Erbekov, bo'lim boshlig'i Sh.Abdullayev ham ishtirok etmoqda.
Dastlab, ishtirokchilar Toshkent shahar markazlashgan dispetcherlik xizmati faoliyati bilan tanishdi.
Shu bilan birga Toshkent davlat transport universiteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etish belgilangan. Bundan asosiy maqsad, bitiruvchi yoshlarni transport sohasidagi yirik tashkilotlar faoliyati haqida tasavvurini yanada boyitish,sohada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, texnik-texnologik islohotlar, ulkan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
Seminar-trening davom etadi...
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati