DIQQAT TENDER!

23.12.2022

 

2023-yil    11-yanvar                                               soat 16:00

 

Yo‘nalish raqami

                  Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

                                        Shahar yo‘nalishlari

1

11 ShI

Temir yo‘l bekati - Ulgurji

Avtobus

2

5 ShI

Temir yo‘l bekati - Ahillik mahallasi

Avtobus

3

14 ShI

36 - daxa – Shahar shifoxonasi

Avtobus

4

6 ShI

Temir yo‘l bekati - Ulug‘obod

Avtobus

5

6 YT

TYB - X.Olimjon, Ulug‘obod orqali

Yo‘nalishli taksi

                                      Shahar atrofi yo‘nalishlari

1

ShAY204

     Guliston - I.Karimov

Avtobus

2

ShAY207

O‘zbekiston mahallasi - Guliston dehqon bozori

Avtobus

3

ShAY237

Yangiyer - O‘zbekiston mustaqilligining 5 yilligi (Oqchangal)

Avtobus

4

ShAY275

Guliston - Sho‘ro‘zak SIU

Avtobus

5

ShAY283

Nurli yo‘l mahallasi - Guliston dehqon bozori

Avtobus

6

ShAY285

Muqumiy mahallasi - Guliston dehqon bozori

Avtobus

7

ShAY294

Sayxun qo‘rg‘oni - Paymard MFY

Avtobus

8

ShYT200”T”

Dehqonobod – Guliston (Guliston tomon)

Yo‘nalishli taksi

9

ShYT200”T”

Dehqonobod – Guliston (Dehqonobod tomon)

Yo‘nalishli taksi

10

ShYT204

Shirin - Qoraqum

Yo‘nalishli taksi

11

ShYT250

Guliston - A.Toirov SFU

Yo‘nalishli taksi

12

ShYT270

Farhod GES - Bobur SIU

Yo‘nalishli taksi

                            Viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlar

1

504VH

Bobur SIU - Guliston

Avtobus

 

 Sirdaryo viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda

OChIQ TENDER O‘TKAZILADI.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-01(421).

 Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati