REYD TADBIRLARIDAN…

22.02.2023

 

  

 

  Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi inspektorlari tomonidan yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida doimiy  nazorat  reyd  tadbirlari  o‘tkazilmoqda.

   Eslatib o’tamiz!  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishida qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida“ PQ 311-son Qaroriga muvofiq “O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi “.

   Reyd  tadbirlari  davomida  shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlarda avtomobil transportida yo‘lovchilarni  noqonuniy tashish faoliyati bilan shug’ullanib kelayotgan  haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzildi.

 

 Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati