TENDER E'LONI

15.06.2022

           

                2022-yil 27-iyul                                                           soat 1600

 

     Yo‘nalish    raqami

               Yo‘nalish nomi

 Yo‘nalish      turi

                                     Shahar yo‘nalishlari

1

ShI-10

Temir yo‘l bekati - Guliston dehqon bozori

Avtobus

2

ShI-11

Temir yo‘l bekati - Ulgurji

Avtobus

                            Shahar atrofi yo‘nalishlari

1

ShAY273

Guliston - U.Nosir FXXU

Avtobus

2

ShAY275

Guliston - Sho‘ro‘zak SIU

Avtobus

3

ShAY277

Guliston - Boyovut razezdi

Avtobus

4

ShAY283

Nurli yo‘l mahallasi - Guliston dehqon bozori

Avtobus

5

ShAY285

Muqumiy mahallasi - Guliston dehqon bozori

Avtobus

6

ShAY287

Guliston dehqon bozori - Boyovut-1 SIU

Avtobus

7

ShAY288

Boyovut - Boyovut-1 SIU

Avtobus

8

ShAY290

Guliston - Guliston bo‘limi

Avtobus

9

ShYT256

T.Latipov SIU - Farxod GES

Yo‘nalishli taksi

10

ShYT258

Sohil shaharchasi - Sayxun qo‘rg‘oni

Yo‘nalishli taksi

11

ShYT259

Boyovut AS - Navoiy SIU

Yo‘nalishli taksi

12

ShYT260

Boyovut SIU - Guliston

Yo‘nalishli taksi

13

ShYT261

Beshbuloq SIU - Guliston

Yo‘nalishli taksi

14

ShYT265

Sirdaryo - Asalchi

Yo‘nalishli taksi

15

ShYT268

Sirdaryo - Sirdaryo SIU (Taraqqiyot MFY)

Yo‘nalishli taksi

16

ShYT270

Farhod GES - Bobur SIU

Yo‘nalishli taksi

17

ShYT273

Beruniy mahallasi - Farhod kasalxonasi

Yo‘nalishli taksi

18

ShYT274

Guliston - I.Karimov SIU

Yo‘nalishli taksi

 

      Sirdaryo viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda

OChIQ TENDER O‘TKAZILADI.

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

   Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

  Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

 Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

  Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi.

   Ma’lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-01(421).

   

               Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati