Sayyor sud

08.09.2022

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi binosida navbatdagi  sayyor sud bo‘lib o‘tdi. 

    Xabaringiz bor, 2022-yilning 1-sentabridan boshlab taksilar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga  kiritildi. Haydovchilar uchun bir qator  yengilliklar yaratildi. Afsuski, davlatimiz tomonidan berilayotgan e’tibor va imkoniyatlarga qaramasdan yo‘lovchilarni noqonuniy tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan haydovchilar hamon uchrab turibdi.

    O‘tkazilgan sayyor sudda Guliston shahar sudining raisi Ulug‘bek Jumaev,  sudyalar  Ibrohim Qoraboev va Muzaffar Omonov birgalikda viloyat transport boshqarmasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida aniqlangan 62 nafar litsenziyasiz haydovchilarga tuzilgan ma’muriy bayonnomalarni ko‘rib chiqdi.

   Muhokama davomida haydovchilarga 2022-yil 7-iyuldagi “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi  Qarorining mazmun mohiyati batafsil tushuntirildi.

    Shuningdek, 15 nafar haydovchilarning huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda ruhsatnoma (litsenziya varaqasi) olishiga erishildi. 

  Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati