Sirdaryo viloyati tashkil topganligining 60 yilligiga bag‘ishlanadi

Sirdaryo viloyati avtomobil transporti tarixi
1963-yil Paxtaorol tumani Ilichevka poselkasida (hozir Qozog‘iston Respublikasi tarkibida) Mirzacho‘lda birinchi yirik transport tashkiloti-avtomobil tresti tashkil qilingan edi. U o‘ziga o‘sha paytda hududda ishlab turgan, O‘zbekiston Respublikasining Sirdaryo, Jizzax viloyatlari shuningdek, Qozog‘iston, Paxtaorol, Yettisoy va Kirov tumanidagi 15 ta yuk tashish va aralash korxonalarni birlashtirdi. Bular 70-Sirdaryo, 52-Baxt, 76-Yangiyer, 30-Guliston, Jizzax va Ilich aralash avtokorxonalaridir. Shuningdek, 21-Yettisoy, 23-Bagara, 25-Slavyanka, Guliston avtobus-taksi saroyi keyinroq tashkil qilingan 26-Zomin, 83-Komsomol, 60-Paxtaobod, 2517-Jizzax avtojamlanmasi hamda Ilichdagi yuk tashuvchi avtokorxonalar 3000 ga yaqin avtomashinalarni o’zida jamlagan edi.
Mirzacho’lning qo‘riq o‘zlashtiruvchilar, shahar va sanoat korxonalari quruvchilarini transport bilan ta’minlashdek muhim va murakkab vazifalarni bajarishga da’vat etilgan yangi tashkilotga Nabiev Rashid Valievich rahbarlik qilgan. Bu mohir, bilimdon va g‘ayratli tashkilotchi bilan bir vaqtda bosh muhandis vazifasida 30 yoshida kelib katta xizmat qilgan (marxum) Toshxo‘jaev Orifxon Odilovich, boshliq o‘rinbosari lavozimida Xo‘jaev Botir A’zamovich, xodimlar bo‘limi 6oshlig‘i Mostovaya Raisa Ivanovna, rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i Koroleva Raisa Borisovna, ishlab chiqarish texnika bo‘limi boshlig‘i (marxum) Davidyuk Aleksandr Fedorovich, markaziy dispetcher bo‘limi 6oshlig‘i Vaymer Yuriy Fransevich, bosh hisobchi Obidxonov Shandali, xo‘jalik ishlari bo‘limi boshlig‘i Gaevskiy Nikolay Ivanovich birinchilardan bo‘lib ish boshlashib viloyatda avtomobil transportini rivojlantirish ishiga katta hissa |qo‘shdi.
Yuk tashish hajmi kundan-kun ortib bormoqda edi. Eng asosiy inertli materiallar koni Chinoz karyeri bo‘lib, bu joyda 2 ta ekskovator ijaraga olindi, ish 2 smenada tashkil qilindi.
Yuk avtomobillar yetishmasligi sababli ishdan chiqqan avtomobillardan bir o‘qli pritseplar tayyorlangan edi. Bulardan tashqari har bir korxona bazasida tayyorlangan o‘zi tushirgichlarga ega edi. Avtosamosvallar yetishmasligi sababli bortli yuk avtomobillarida korxonaning o‘zida tayyorlangan konuslarga shag’alni olib kelib, ish tashkil qilinar edi.
(Davomi kelgusi sanada)
U.Umarov