DIQQAT E'LON!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent Davlat Transport universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil transporti xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda ularning hududiy filiallarida “B” va “C” toifaga ega haydovchilarni Transport vazirligining hududiy boshqarmalari tavsiyanomalariga ko‘ra 4 (to‘rt) haftalik maqsadli “D” toifaga “ekspress” qayta tayyorlash kurslari yo‘lga qo‘yilgan.
“D” toifa bo‘yicha “ekspress” kursini tugatgan, amaliy va nazariy imtihonlarni ijobiy topshirgan, “D” toifadagi transport vositasini boshqarish bo‘yicha 3 yil stajga ega bo‘lmagan haydovchilarni, shahar, shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishda qatnaydigan avtobus va mikraavtobuslarni boshqarish uchun ishga qabul qilish belgilangan.
“D” toifa bo‘yicha “ekspress” kursni tugatgan, amaliy va nazariy imtihonlarni ijobiy topshirgan haydovchilarni, “Toshshahartransxizmat” AJda shartnoma asosida ishga qabul qilinadi.
“Toshshahartransxizmat” AJda ishlash istagida bo‘lgan haydovchilarni “B” va “C” toifaga ega bo‘lgan Sirdaryo viloyatidagi haydovchilarni “D” toifaga “ekspress” qayta tayyorlash kurslariga taklif etamiz!
“D” toifa bo‘yicha “ekspress” kursida o‘qish istagi bo‘lgan talabgorlarning 24 nafari bitta hududga to‘g‘ri kelsa, o‘quv kursi shu hududning o‘zida tashkil qilinadi.
“B” va “C” toifaga ega haydovchilarni hududlarda tashkil etiladigan “D” toifaga “ekspress” qayta tayyorlash kurslarida o‘qish uchun nomzodlar ro‘yxati shakllantirilmoqda.
Ma’lumot uchun telefon:
+99 871 231-12-64,
+99 871 231-12-68,
+99 895 196-44-43,
+99 897 245-97-00
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati