E'LON!

06.03.2023

 

2023-yil 12-aprel                                      soat 16:00

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

Shahar atrofi yo‘nalishlari

1

ShAY205

Xovos - Farhod-5

Avtobus

2

ShAY208

Guliston - Zarbdor

Avtobus

3

ShAY213

Guliston - Toshkent mahalla

Avtobus

4

ShAY224

Guliston - Boyovut mahallasi

Avtobus

5

ShAY237

Yangiyer - O‘zbekiston mustaqilligining 5 yilligi (Oqchangal)

Avtobus

6

ShAY273

Guliston - U.Nosir FXXU

Avtobus

7

ShAY275

Guliston - Sho‘ro‘zak SIU

Avtobus

8

ShAY279

Sayhun - Baxt

Avtobus

9

ShAY283

Nurli yo‘l mahallasi - Guliston dehqon bozori

Avtobus

10

ShAY289

Yangiobod - Guliston

Avtobus

11

ShAY290

Guliston - Guliston bo‘limi

Avtobus

12

ShYT200"T"

Dehqonobod - Guliston (tezyurar) (Dehqonobod tomon)

Yo‘nalishli taksi

13

ShYT200"T"

Dehqonobod - Guliston (tezyurar) (Guliston tomon)

Yo‘nalishli taksi

14

ShYT203

Yangiyer - Nurobod

Yo‘nalishli taksi

15

ShYT217

Guliston - Boyovut, G‘allakor orqali

Yo‘nalishli taksi

16

ShYT221

Guliston-Farg‘ona SIU

Yo‘nalishli taksi

17

ShYT225

Guliston – Baxt (Gulison tomon)

Yo‘nalishli taksi

18

ShYT225

Guliston – Baxt (Baxt tomon)

Yo‘nalishli taksi

19

ShYT249

Guliston - Sohil shaharchasi

Yo‘nalishli taksi

20

ShYT252

Guliston - Sardoba qo‘rg‘oni

Yo‘nalishli taksi

21

ShYT258

Sohil shaharchasi - Sayhun qo‘rg‘oni

Yo‘nalishli taksi

22

ShYT260

Boyovut mahallasi - Guliston

Yo‘nalishli taksi

23

ShYT261

Beshbuloq SIU - Guliston

Yo‘nalishli taksi

24

ShYT270

Farhod GES - Bobur SIU

Yo‘nalishli taksi

 

    Sirdaryo viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda

OChIQ TENDER O‘TKAZILADI.

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 6- dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

    Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi(e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

   Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

  Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-01(421).

   

              Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati