DIQQAT E’LON!

05.07.2022

VILOYATDA YO‘LOVCHI VA YUK TASHISH FAOLIYATI BILAN

SHUG’ULLANUVCHI KORXONA RAHBARLARI!

        O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-701-sonli Qonuni 29-moddasi, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunining 21-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 399-son “Avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2021-yil 13-iyuldagi 127-son buyrug‘iga asosan yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar xodimlarining bilimi, malaka darajasi va kasbiy mahorati malaka talablariga muvofiqligi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dastur bo‘yicha ushbu xodimlarning kamida har uch yilda bir marta o‘z malakasini oshirganligi to‘g‘risida berilgan malaka sertifikatiga muvofiq aniqlanib, yo‘lovchi va yuklarni avtomobil transportida tashish kamida uch yil ish stajiga, avtomobil yoki texnik yo‘nalishda oliy kasbiy ma’lumotga va malaka sertifikatiga ega xodimi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

         Mazkur qonun va qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 11 iyul kunidan malaka sertifikatiga ega xodimi mavjud bo‘lmagan va sertifikatning amal qilish muddati tugagan yuridik shaxslar tomonidan litsenziya va litsenziya varaqalarini rasmiylashtirib olish imkoniyati tizim orqali cheklanishini bildiramiz.

         Korxona rahbarlari avtotransport ishiga va harakat xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan xodimining mavjud malaka sertifikatlarini O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi qoshidagi Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida ro‘yxatdan o‘tkazishingizni yoki o‘z xodimingizni Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida malaka oshirib malaka sertifikati bilan ta’minlanishi lozimligi to‘g‘risida ogohlantiramiz.