Guliston shahri aholisi diqqatiga!

Guliston shahridan Toshkent shahriga qatnovchi xavfsiz, qulay va arzon elektoropoyezdlardan foydalaning.
Elektropoyezdlar har kuni Bekobod, Xovos, Guliston, Sirdaryo yo‘nalishlarida qatnovlarni amalga oshirib kelmoqda.
Bekatlarda to‘xtash vaqti: Sirdaryo, Baxt, Oqoltin, Guliston, Boyovut, Yangier, Xovos, Farxod temir yo‘l bekatlarida ikki daqiqa.
Mehnat, Yo‘lreftrans, Qamariston, Oxunboboyev, Sho‘ro’zak, 3476 km, Janubiy Yangiyer to‘xtash punktlarida bir daqiqa.
Yo‘l kira narxi: bir yo‘lovchi uchun Bekobod - Toshkent yo‘nalishida 10500 so‘m;
Xovos - Toshkent yo‘nalishida- 9000 so‘m;
Guliston - Toshkent yo‘nalishida -7500 so‘m;
Sirdaryo- Toshkent yo‘nalishida -6000 so‘mni tashkil etadi.
Shahar atrofi elektropoyezdlarida yo‘l haqi oraliq bekatlarda chiqishda yirik vokzallar va vokzallar kassalaridan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri vagon ichidagi vagon kuzatuvchilaridan chipta sotib olish yo‘li bilan to‘lanadi.
Guliston vokzalidan Xovos-Toshkent elektropoyezdi soat 04:45;
Bekobod-Toshkent elektropoyezdi soat 8:18;
Xovos-Toshkent elektropoyezdi soat 14:00;
Guliston-Toshkent elektropoyezdi soat 15:47 da jo‘nab ketadi.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati