TARG'IBOT TADBIRLARI

     

    Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan aprel oyi davomida 70 ta reyd tadbirlari o‘tkazildi.
   Noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug’ullangan 317 ta fuqarolarga 176 prim 3-moddaga asosan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
    Tushuntirishlar natijasida 130 nafar fuqarolar esa o‘z faoliyatini qonuniylashtirishga erishilgan.
   108 ta ma’muriy bayonnomalar qonuniy chora ko`rish uchun sud organlariga yuborilgan.

 

                 Viloyat transport boshqarmasi axborot xizmati